🍼 Neonatal Klinik Assistent

Diagnostika · Davolash · Profilaktika — oflayn yordamchi

🧑 Kattalar qon tahlili →

ℹ️ Vazn/GA/yoshni bir marta kiriting — barcha kalkulyatorlar avtomatik ishlatadi. Ma'lumot faqat brauzeringizda (localStorage) saqlanadi — bemor ismini kiritmang.

⚠️ Dozalar WHO Pocket Book, NeoFax, NICE, NRP manbalaridan. Klinikada qo'llashdan oldin har bir dozani MAHALLIY PROTO KOLINGIZ bilan solishtiring. Bu vosita qaror qabul qilishning o'rnini bosmaydi.

🟡 Sariqlik baholash AAP 2022 · GA ≥35 hafta

Nerotoksiklik xavf omillari (AAP 2022, 2-jadval)

📈 Bilirubin ko'tarilish tezligi gemoliz shubhasi

Ikki o'lchov orasidagi qiyalik (mg/dL/soat). ≥0.2–0.3 — gemoliz tekshiruvi (DAT, CBC+retik, G6PD).

🦠 Neonatal sepsis baholash WHO YICSS · CDC 2010 · NICE NG195 asosida

Ona tomonidan risk omillari
Klinik belgilar (WHO YICSS + umumiy)

🧮 Rodwell gematologik balli (HSS) Rodwell, J Pediatr 1988

7 ta CBC/surva belgisi, har biri 1 ball (neytrofillar ko'rinmasa «jami PMN» +1). ≤2 — sepsis kam ehtimol, 3–4 — mumkin, ≥5 — juda ehtimol. Namuna 6–12 soatda olingani aniqroq.

💉 Empirik davolash va qoidalar

  • 1-soat qoidasi: sepsis shubhasida IV antibiotik 1 soat ichida boshlanadi. Gemokultura (≥1 mL, imkonda 2 turli joydan) antibiotikdan OLDIN olinadi.
  • Boshlang'ich sxema: Ampitsillin + Gentamitsin (dozalar — «Dorilar» tabi; interval GA/kunga qarab avtomatik).
  • Og'ir holat / meningit shubhasi: sefotaksim qo'shiladi yoki almashadi — mahalliy protokol.
  • ESBL/gramm-manfiy shubha: meropenem zaxira. MRSA/KoNS: vankomitsin. Candida: flukonazol yoki amfoteritsin B + katetr olib tashlash + ko'z fundusi. HSV shubhasi: asiklovir 20 mg/kg har 8 soatda.
LP (belga punksiyasi) indikatsiyalari: tutqaochar, bo'rtgan fontanel, ijobiy gemokultura, og'ir beqaror bo'lmagan shubhali holat. Beqaror holat/koagulopatiyada LP keyinga qoldiriladi — davolash to'xtatilmaydi.
To'xtatish qoidalari: kultura manfiy + klinik barqaror + CRP ishonchli pasaymoqda → 36–48 soatda to'xtatish (NICE «36-soat qoidasi»). Tasdiqlangan sepsis: 7–10 kun; GBS meningit: 14–21 kun; gramm-manfiy meningit: ko'pincha 21 kun (mahalliy protokol).
Qo'llab-quvvatlovchi parvarish: neytral issiqlik muhiti, SpO₂ 90–95% (nafas yordami), suyuqlik/GIR 4–6 mkg/kg/min boshlanadi, gipotoniya → bolus/inotrop, glyukoza va perfuziya monitoringi, imkon qadar ona suti.
⚠️ Klinik ko'rik ustuvor: belgilar klassik bo'lmasa ham «o'zini yomon his qilgan» chaqaloq tekshirilib davolanadi. Ba'zi markazlar ≥35 haftada EOS kalkulyator (Kaiser) ishlatadi — rasmiy protokolingiz bo'lsa, u ustuvor.

📅 Antibiotik kursi hisoblagich

💧 Suyuqlik va kunlik hajm

🍬 Glyukoza infuziya tezligi (GIR)

🧪 Parenteral oziqlanish (taxminiy)

💉 Bolus (shok / og'ir degidratatsiya)

Fiziologik eritma 0.9%: 10–20 mL/kg, sekan 10–20 min. Preterm va yurak yetishmovchiligi bor bo'lsa ehtiyot (10 mL/kg dan boshlab).

⏱ APGAR balli

🔤 New Ballard balli gestatsion yosh aniqlash

📅 Korrectlangan yosh va ROP skrining sana — emlash taqvimi uchun ham

💉 Emlash taqvimi O'zbekiston milliy kalendari (sanepid.uz)

📈 O'sish monitoringi Fenton 2025 persentillari

🛠 Klinik vositalar

💉 Qon quyish (RBC) hajmi

🌬 Traxeal trubka (ETT)

⚗️ Anion gap

🧪 Tuzatilgan Na (giperglikemiya)

👥 Bemorlar reyestri

🧪 Qon tahlilini avtomatik baholash PDF yuklang yoki matn qo'ying

Laboratoriya blankasidagi qiymatlar o'zbek/rus/ingliz nomlari bo'yicha topiladi va neonatal me'yorlar (katta yoshdagi me'yorlar emas!) bilan baholanadi. I:T nisbati va ANC hisoblanadi. Har doim aniqlangan qiymatlarni solishtirib chiqing.

📓 Kuzatish jurnali

Har qayd avtomatik hozirgi bemor konteksti va modul natijalari (bilirubin, sepsis holati) bilan saqlanadi. Bemor ismi yozilmaydi.

💾 Ma'lumotlarni zahiralash

Barcha yozuvlar (jurnal, retsept, tashxislar, APGAR, tahlil tarixi, shifokor nomi) faqat brauzer xotirasida saqlanadi. Telefon/kompyuter almashganda yoki brauzer ma'lumotlari tozalanganda yo'qoladi — vaqti-vaqti bilan zahira qiling.

💊 Retsept shakllantirish

Tugma chop etish oynasini ochadi — «PDF sifatida saqlash / Save as PDF»ni tanlang.

📝 Xulosa

⚙️ Sozlamalar

🔒 PIN kod (himoya)

🏛 Muassasa sarlavhasi (PDF hujjatlarda)

🏥 Kasallik profillari

📘 Foydalanish qo'llanmasi

📚 Referanslar — savol-javob

Savolingizni o'zbek tilida yozing — barcha manbalardan (dorilar, kasalliklar, lug'at, lab, qo'llanma, emlash, o'sish, formulalar) topadi va matnini ko'rsatadi.

📖 Lug'at — qisqartmalar va terminologiya